Site menu
Chat Box
Our poll
Where Do You Live?
Total: 560
Statistics
Online Only: 1
Guests: 1
Users: 0
Monday | Montag | Понедельник, 11 May 2026, 17:24
Welcome Guest

O‘zbekiston Mehmonxonalari


Turizm sohasida katta salohiyatga ega O‘zbekiston betakror tarixiy-madaniy obidalari, noyob ekotizimga ega so‘lim go‘shalari, mehmondo‘st, samimiy xalqi bilan sayyohlarni o‘ziga doim keng jalb etadi.

Har yili minglab sayyohlar Samarqand, Xiva, Buxoro, Toshkent, Marg‘ilon singari ko‘hna va zamonaviy shaharlarning bugungi jamoli, noyob yodgorliklari, asori atiqalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘layotir. Jannatmonand yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlar oqimi tobora kengayib borayotgan ayni paytda mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sifati ham muttasil yuksalmoqda.

Shaharlarimizda zamonaviy va milliy arxitektura uyg‘unligida qad rostlagan ko‘rkam mehmonxonalarda jahon andozalari darajasida shart-sharoit yaratilgan. Buni quyidagi suratlarda ham ko‘rish mumkin.

Views: 12527 | Added by: CopyRightMasteRz | Date: 03 April 2012 | Comments (0)

O‘zbekiston Avtomobil Yo‘llari va Moshinalari

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda transport-komunikatsiya tizimini tubdan isloh qilishga, yangi yo‘llar barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yo‘lsozlarimiz sa’y-harakati bilan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarida beto‘xtov, xavf-xatarsiz transport qatnovi ta’minlanmoqda. Shahar va qishloqlarimizni tutashtirgan minglab kilometr uzunlikdagi keng va ravon yo‘llar, ulkan ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar xalqimiz bunyodkorlik salohiyatidan dalolat berib turibdi.

Shuning barobarida mamlakatimiz avtosanoati ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etilgan Asaka va Samarqand avtomobil zavodlarida zamonaviy standartlarga javob beradigan, qulay, xavfsiz va tejamkor, jahon bozorida raqobatbardosh yengil avtomobillar, avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilayotgani bunga yorqin misoldir. Bugungi kunda jahon bozorida o‘zining mustahkam o‘rnini topgan o‘zbek avtomobillariga xorijlik iste’molchilarning qiziqishi tobora oshib borayotgani faxr-iftixor hissini uyg‘otadi.


Attachments: Image 1
Views: 3637 | Added by: CopyRightMasteRz | Date: 02 April 2012 | Comments (0)

Log In
Search
Calendar
«  April 2012  »
Sun Mon Tue Wed Thu Fri Sat
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Entries archive
Site friends