Site menu
Chat Box
Our poll
Where Do You Live?
Total: 560
Statistics
Online Only: 2
Guests: 2
Users: 0
Thursday | Donnerstag | Четверг, 14 May 2026, 01:26
Welcome Guest

O'zbek Adabiyoti


16-19 Asrning Birinchi Yarmi Yozuvchilari
27 July 2012, 22:53

16 asr-19 asrning birinchi yarmi

Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, «hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon» (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan.


Oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida iz qoldirgan isteʼdodli shoir, Shayboniy saroyida «amirul-umaro», «malikush-shuaro» unvonlarini olgan.


Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Buxoroda tugʻilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533—1539) mamlakatda obodonchilik va madaniy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirgan.


Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644 yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644 yil aprelda vafot etadi.


Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan. Oʻn yoshlarida Buxoroga oʻqishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir boʻlib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navroʻz qoʻlida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri oʻsha yerda.


Ulugʻ oʻzbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatagʻon tomonidan (1711) dorga osiladi.


Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazm (1701)da tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va «Husnu Dil» dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari «Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy», «Bayozi mutafarriqa», «Bayozi majmuai ash`or» kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni (1903) OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.


Isteʼdodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda.


Isteʼdodli adib, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning «Firdavsul-iqbol», Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy» asarlarida fikrlar bor.


Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis «Firdavsul-iqbol» nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.


Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi.


Yirik oʻzbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qoʻqonda tugʻilgan, Qoʻqon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Margʻilon hokimi (1807—1810), Qoʻqon xoni (1810-22) boʻlgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. «Devon» tartib bergan, «Umarnoma» dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham eʼlon qilingan, uning torshirigʻi bilan «Muhabbatnoma» majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan.


Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.


Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. «Zarbulmasal» asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning «Majmuai shoiron», Vozehning «Tuhfatul-ahbob», Avazmuhammad Attorning «Tarixi jahonnoma» asarlarida maʼlumot bor.


Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi. Uch yoshligida otasi oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan isteʼfo beradi. Qolgan umrini ijodga bagʻishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.
Added by: CopyRightMasteRz | | Tags: She'rlar, Adabiyot, Birinchi Yarmi, 19, 16, Yozuvchilar, Haqida, Asr
Views: 1643 | Rating: 5.0/1
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Log In ]
Log In
Search
Site friends