| Statistics |
|---|
Online Only: 1 Guests: 1 Users: 0 |
|
|
Thursday | Donnerstag | Четверг, 14 May 2026, 01:26 Welcome Guest
O'zbek Adabiyoti
Alisher Navoiy - Farhod va Xisrav Aytishuvi
| | 23 February 2010, 17:33 |

Dedi: qaydinsen ey majnuni gumrah?
Dedi: majnun vatandin qayda ogah.
Dedi: nedur senga olamda pesha?
Dedi: ishq ichra majnunliq hamisha.
Dedi: bu ishdan o'lmas kasb ro'zi,
Dedi: kasb o'lsa basdur ish so'zi.
Dedikim: ishq o'tidin de fasona!
Dedi: kuymay kishi topmas nishona.
Dedikim: kuymakingni ayla ma'lum!
Dedi: andin erur joh ahli mahrum!
Dedi: qay chog'din o'ldung ishq aro mast?
Dedi: ruh ermas erdi tang'a payvast.
Dedi: bu ishqdin inkor qilg'il!
Dedi: bu so'zdin istig'for qilg'il!
Dedi: oshiqqa ne ish ko'p qilar zo'r?
Dedi: furqat tuni ishqi balosho'r.
Dedi: ishq ahlining nedur hayoti?
Dedi: vasl ichra jonon iltifoti.
Dedikim: Dilbaringning de sifotin!
Dedi: til g'ayratidin tutmon otin!
Dedikim: ishqig'a ko'nglung o'rundur?
Dedi: ko'nglumda jondek yoshirundur.
Dedi: vaslig'a borsen orzumand?
Dedi: bormen xayoli birla hursand.
Dedi: no'shi labidin topqay el bahr?
Dedi: ul no'shdin el qismidur zahr.
Dedi: joningni olsa la'li yodi?
Dedikim: ushbudur jonim murodi.
Dedi: ko'ksungni gar chok etsa bebok?!
Dedi: ko'nglum tutay ham ayla deb chok.
Dedi: ko'nglung fido qilsa jafosi?
Dedi: jonimni ham aylay fidosi.
Dedikim: ishqdin yo'q juz ziyon bud.
Dedi: bu kelsa savdo ahlig'a sud.
Dedi: bu ishq tarki yaxshiroqdur!
Dedi: bu sheva oshiqdin yiroqdur!
Dedi: ol ganju qo'y mehrin nihoniy,
Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!
Dedi: joningg'a hijron kinakashdur,
Dedi: chun bor vasl ummidi xushdur.
Dedikim: shahg'a bo'lsa shirkat andesh!
Dedi: ishq ichra tengdur shohu darvesh!
Dedi: joningg'a bu ishdin alam bor,
Dedi: ishq ichra jondin kimga g'am bor?!
Dedi: kishvar beray, kech bu xavasdin!
Dedi: bechora, kech bu multamasdin!
Dedi: ishq ichra qatling hukmi etkkum!
Dedi: ishqida maqsudimg'a yetkum.
Dedi: bu ishda yo'q sendin yiroq qatl,
Dedi: bu so'zlaringdin yaxshiroq qatl. |
|
Added by: WhatTheFuck | |
| Views: 5667
| Rating: 4.0/3 |
|
|
|
|
|